ARGOS test va Suhbatga ishonch bilan tayyorlaning
Argosacademy — O‘zbekistonda davlat xizmati vakansiyalari uchun ARGOS testi, suhbat (intervyu) savollari, tibbiyot xodimlari uchun TOIFA imtihoni va pedagog attestatsiyasiga onlayn tayyorlov platformasi. Lavozimni tanlaysiz, o‘quv materialini o‘rganasiz, testni yechasiz va sun’iy intellekt tahlilini olasiz.
- 3 bosqichbepul
- 280+lavozim
Qanday ishlaydi?
- Lavozimni tanlang. Davlat boshqaruvi, adliya, iqtisod, soliq, ta’lim, qurilish, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot va boshqa yo‘nalishlardagi lavozimingizni toping.
- Materialni o‘qing. Har bosqich uchun o‘quv varaqasi va PDF materiallar.
- Testni yeching. 10 ta savol; 8/10 natija keyingi bosqichni ochadi.
- Suhbatga tayyorlaning. Savollarga ovoz bilan javob bering — sun’iy intellekt baholaydi va maslahat beradi.
Bodomgul AI — shaxsiy yordamchingiz
Sayt ichidagi AI yordamchi xato javobni tushuntiradi, zaif mavzularingizni aniqlaydi va keyingi mashqni tavsiya qiladi.
Imtihonlar taqvimi
Tibbiyot xodimlari attestatsiyasining (TOIFA) test bosqichi har dushanba o‘tkaziladi (manba: tmbm.ssv.uz). Og‘zaki komissiya sanalari va vakansiya muddatlari bo‘yicha eslatmalarni profilingizda yoqishingiz mumkin.
Bepul boshlang, kerak bo‘lsa Premium oling
ARGOS testda 1–3-bosqich va suhbat savollarida dastlabki 10 ta savol butunlay bepul. Qolgan bosqichlar tanlangan lavozim uchun 30 kunlik Premium bilan ochiladi. To‘lov Click orqali amalga oshiriladi.